logo
Асосий
Кутубхона
Amir Temur saltanatida xavfsizlikni ta’minlashda razvedka xizmatining o‘rni va roli
    image
    Даража:
    Олий таълим
    Тури:
    Реферат
    Муаллиф:
    Q.B. Xudayberganov
    Яратилган вақти:
    03.09.2023
    0
    O‘tmishdan ma’lumki, buyuk Sohibqiron Amir Temur dunyo tarixida mukammal muntazam armiya tuzish va boshqarishda o‘ziga xos uslubni qo‘llagan. Ayniqsa, Amir Temur harbiy harakatlarni amalga oshirish jarayonda falanga taktikasini qo‘llash orqali jangovar harakatlarni amalga oshirishda razvedka xizmatiga alohida e’tibor qaratgan. Xususan, Amir Temur o‘zining “Tuzuklari”da oltinchi toifa ishonchli, to‘g‘ri e’tiqodli oqilxiradmand kishilarkim, davlat sirlarini ularga ochib, saltanat ishlari bo‘yicha ulardin maslahat olishimga loyiq edilar. Bu toifa kishilar bilan sirdoshlik qilib, o‘z maxfiy ishlarim va pinhoniy sir-asrorlarimni o‘shalarga topshirdim” -, deya alohida ta’kidlab o‘tgan. Shu o‘rinda, Amir Temur saltanatidagi maxfiy xizmati to‘g‘risidagi ko‘pgina qimmatli ma’lumotlar uning zamondoshi Ibn Arabshoh tomonidan bizgacha yetib kelgan.