logo
Асосий
Кутубхона
Pedagogik texnika - pedagogik mahoratning tarkibiy qismi va sifati
    image
    Даража:
    Олий таълим
    Тури:
    Реферат
    Нашр этилган йили:
    Sh. Shomirzayev
    Яратилган вақти:
    03.09.2023
    0
    Hozirgi zamon pedagogika fani pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning roli beqiyos deb qayd etadi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallash va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntirishda dasturamal bo‘lib xizmat ko‘rsatadi. Demak, pedagogik texnika shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisidirki, u o‘qituvchining pedagogik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi - yoshlarga ta’sir ko‘rsatish, tashkil qilish va boshqarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.