logo
Асосий
Кутубхона
Harbiy ta'limda gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va chet tillarini o‘qitish metodikasi
    image
    Даража:
    Олий таълим
    Тури:
    Реферат
    Муаллиф:
    Sh.I. Yertayev
    Яратилган вақти:
    03.09.2023
    0
    Dariy tili (forsi-ye kobuliy) Afg‘oniston Islom Respublikasining davlat tillaridan biridir. Biz bilamizki, Afg‘onistonda ikkita rasmiy davlat tili - dariy va pushtu tili mavjuddir. Hozirgi dariy tili fors va tojik tillari bilan qarindosh til hisoblanadi. Afg‘onistonda 20 dan ortiq tillar va 200 dan ortiq shevalar mavjud. Mavjud konstitutsiyaga muvofiq, pushtu (afg‘on tili) va dariy (forsi-kobuliy, fors tilining afg‘on shevasi) tillari Afg‘onistonning rasmiy tillari hisoblanadi. Har qanday tilning lug‘aviy tarkibi, uning jami so‘z boyligi mazkur millatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. U doimo harakatda va o‘sishda bo‘ladi. Tilning rivojlanish sababi esa, asosan ikki omilga, uning ichki va tashqi o‘sish manbalaridan qanday foydalana bilishga bog‘liq bo‘ladi. Shu jumladan, dariy tili leksikasida harbiy sohaga oid terminologik tizim yuzaga kelgan va u amalda qo‘llanilmoqda. Shu bois dariy tilidagi bor mavjud va yangi kirib kelayotgan harbiy soha terminlarini o‘rganish va ularni kursantlar bilan amaliyotga tatbiq qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega.