Филтрлар

Ислом Каримов ЮКСАК МАЪНАВИЯТ – ЕНГИЛМАС КУЧ

Феъл маъновий гуруҳлари ва уларнинг мактабда ўқитилиши


  
- 0 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
M.Jo'rayeva
Яратилган вақти:
2019-05-23 10:39:36
Сўзларни гуркумларга ажратишда уларнинг луғавий- маъновий хусусиятлари муҳим рол ўйнайди. Лексик-семангик гуруҳ тушунчаси лексикологиянинг \ам долзарб муаммолари- дан бўлиб, мактабда ҳар бир сўз туркуми ўқитилар экан унинг маъновий гурухларини аниқ чегаралашга жиддий эътибор қара- тилади. Жумладан, феъллар нимани атаб келишига кўра дастлаб икки гуруҳга “ҳаракат ва ҳолат” феълларига ажратилади1. Кейин яна феълнинг маъновий гурухдари мавзуси остида тилимизда мавжуд феъллар 4 гуруҳга - нутқий фаолият, ақлий фаолият, жисмоний фаолият ва ҳолат феълларига ажратилади. Айтиб ўтиш керакки, бунда феъллар 6-сннф ўқувчиларининг ёш хусусиятидан келиб чиқиб энг умумий хусусиятига кўра гурухланган

O’zbek tilida tarz maydoni


  
- 1 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
M.Jo‘rayeva
Яратилган вақти:
2019-05-23 10:37:34
Tilimizning har tomonlama rivojlanishi bugungi kunda katta imkoniyatlar va yangilanishlarga yo‘l ochmoqda. Bizga ma’lumki, hech bir fan o‘zga fanlar bilan aloqasiz mustaqil taraqqiy eta olmaydi. Bugun tilshunoslik ilmiga yangidan-yangi terminlar kirib kelmoqda. Fizikaviy termin hisoblanuvchi “maydon” aslida fizik bodisa voqealanadigan yoki uning ta’siri paydo boladigan fazoga nisbatan qo’llanadi. Fanga ushbu terminni fizik Maykl Faradey olib kirdi va bir zaryadning maydoni ikkinchi zaryadga ta’sir qilishi, zaryaddan uzoqlashilgan sari elektr maydon zaiflasha borishini ilmiy asoslab berdi.

Ma’rifat tushunchasining ilmiy – nazariy talqinlari


  
- 0 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Mamanova A
Яратилган вақти:
2019-05-23 10:36:01
Inson paydo bо‘libdiki, u dunyoni bilishga, О‘zini tanishga, ruh va tabiat о‘rtasidagi aloqa va ziddiyatlarni о‘rganishga, olamning yaratilish mohiyatini anglashga intilib yashab kelmoqda. Bularni tushunishga bо‘lgan intilish kishilik jamiyatida ma’rifat tushunchasining paydo bо‘lishiga va turli tafakkurlar natijasida ma’rifat ma’nosining turfa jilvalarda namoyon bо‘lishiga olib keldi. Bu gо‘yoki quyosh nurlarining olamda taralishi xilma-xil nurlarda aks etsa ham, barcha nurlarning asosi borib quyoshga bog‘lanib, tutashgan kabi ma’rifat mag‘zining turfa talqinlari ham bir maqsadga borib taqaladi. YA’ni insonning О‘zini anglashidir.

Islom ma’rifat mazmuni


  
- 1 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Mamanova A
Яратилган вақти:
2019-05-23 10:34:21
Bizga ma’lumki, ma’rifat arafa sо‘zidan yasalgan bо‘lib bilmoq degan ma’noni bildiradi. Inson tafakkо‘rining bilish hosilasi ilm hisoblanadi. Demak , islom dinida ilm haqida aytilgan fikrlar islom ma’rifatining mazmunini tashkil qiladi. Biz quyidagi maqolamizda islom ma’rifati-ilmi deganda nima tushunilish haqida, tasavvuf ma’rifatining ildizi, bosh asosi islom ma’rifati bilan bog‘liqligi, u bilan oziqlanishi haqida tо‘xtalib о‘tamiz.

Hofiz Xorazmiy lirikasida qofiya va radif sifatida qo’llangan so’zlar talqini


  
- 1 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Sodaliyeva S
Йўналиши:
Илмий-оммабоп ёшлар ва болалар учун
Нашр этилган йили:
2018
Нашриёт:
Nam DU
Саҳифалар сони:
70
Яратилган вақти:
2019-03-09 09:31:11
Mazkur bitiruv-malakaviy ishida XIV asr oxiri XV asr boshlarida yashab, ijod qilgan o’zbek shoiri Hofiz Xorazmiy lirikasida qofiya va radif sifatida qo’llangan so’zlar xususiyatlari yoritilgan. Jumladan, Qofiya va radif sifatida qo’llangan umumturkiy, arabcha, forscha so’zlar hamda arxaik, shevaga xos so’zlar tahlilga tortilgan.

Usmon Nosir – mohirtarjimon


  
- 0 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Jaloldinova M
Йўналиши:
Илмий-оммабоп ёшлар ва болалар учун
Нашр этилган йили:
2018
Нашриёт:
Nam DU
Саҳифалар сони:
67
Яратилган вақти:
2019-03-09 09:29:54
Bitiruv-malakaviy ishida 30-yillar adabiy jarayonida o’zbek tarjimachiligi, realistik tarjima va tarjimaning ilmiy va nazariy asoslari, badiiy tarjima orqali she’riyatda yuzaga kelgan shakily va badiiy rang-baranglik, 30-yillarda til masalasi xususida bo’lgan qizg’in bahs va munozaralar kabi masalalar o’rganilgan. Xususan, she’riyatdagi shakliy izlanishlar, Usmon Nosirning tarjimachilik faoliyati, Usmon Nosir tarjimasida M. Yu. Lermontovning «Demon»i tahliliga e’tibor qaratilgan.

Xorazm adabiy muhitida tarixiy asarlar yaratish an’anasi


  
- 1 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Dexqonova (Nuraliyeva) M
Йўналиши:
Илмий-оммабоп ёшлар ва болалар учун
Нашр этилган йили:
2018
Нашриёт:
Nam DU
Саҳифалар сони:
60
Яратилган вақти:
2019-03-09 09:28:42
Mazkur bitiruv malakaviy ishida XVII-XX asr boshlari Xorazm adabiy muhitidagi tarixnavislik an’analari va uning rivoji masalasi tahlilga tortilgan. Xususan, Abulg’ozi Bahodirxon, Shermuhammad Munis, Muhammadrizo Ogahiy va Muhammad Yusuf Bayoniylar tomonidan yaratilgan o’nlab tarixiy asarlar XVII-XX asr Xorazm ijtimoiy - siyosiy va madaniy muhitini yorituvchi ishonarli manbalar ekanligi xususida fikr yuritilgan va xulosalar chiqarilgan.

Tog’ay Murod asarlarining sintaktik xususiyatlari


  
- 0 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Asqarova M
Йўналиши:
Илмий-оммабоп ёшлар ва болалар учун
Нашр этилган йили:
2018
Нашриёт:
Nam DU
Саҳифалар сони:
66
Яратилган вақти:
2019-03-09 09:26:47
Mazkur bitiruv-malakaviy ishida Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, “Ot kishnagan oqshom”, “Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi” asarlarining sintaktik xususiyatlarini yoritilgan. Jumladan, Tog’ay Murodning ijodida shaxs uslubiga xos xususiyatlar aniqlangan, shuningdek adib asarlaridagi o’ziga xos sintaktik-stilistik jarayonlarni tahlil qilingan.

O’zbek so’zlashuv nutqining sotsiopragmatik tadqiqi


  
- 1 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Mirdedayeva(Yuldasheva) M
Йўналиши:
Илмий-оммабоп ёшлар ва болалар учун
Нашр этилган йили:
2018
Нашриёт:
Nam DU
Саҳифалар сони:
80
Яратилган вақти:
2019-03-09 09:18:19
Mazkur magistrlik dissertatsiyasida o’zbek so’zlashuv nutqining sotsiolingvistik va lingvopragmatik xususiyatlarini sinxron usulda tahlil qilingan bo’lib, Antropotsentrik tilshunoslikning yangi lingvistik yo’nalish sifatida shakllanishi masalasini yoritish; - Sotsiolingvistika va lingvistik pragmatikaning o’zaro munosabatini tahlil qilish; - So’zlashuv uslubidagi nutqiy etiket masalalarini yoritish; - Nutqning ijtimoiy xoslanishi masalasini tahlil qilish; - So’zlashuv nutqining leksopragmatik xususiyatlarini tahlil qilish; - So’zlashuv nutqi frazeologizmlarining sotsiopragmatik xususiyatlarini aniqlash; - So’zlashuv nutqida ekstralingvistik omillar, noverbal vositalarning sotsiopragmatik xususiyatlarini yoritish orqali tadqiqotda ko’zda tutilgan asosiy maqsadga erishilgan.

O`zbek tili turistik terminlarining lisoniy takomili va leksik-semantik tadqiqi


  
- 1 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Abduhamidova L
Йўналиши:
Илмий-оммабоп ёшлар ва болалар учун
Нашр этилган йили:
2018
Нашриёт:
Nam DU
Саҳифалар сони:
101
Яратилган вақти:
2019-03-09 09:17:04
“O`zbek tili turistik terminlarining lisoniy takomili va leksik-semantik tadqiqi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida o’zbek tili turistik terminlarining tarixiy-etimologik manbalarga ko’ra tasnifi va tahlili, lug’aviy-ma’noviy xususiyatlari, turistik terminlardagi sinonimiya, dubletlik masalalari, leksikografik xususiyatlari yoritilgan.
Хато тўғрисида маълум қилиш Транслит