Филтрлар

Ислом Каримов ЮКСАК МАЪНАВИЯТ – ЕНГИЛМАС КУЧ

Dono chol


  
- 1 +
Даража:
Мактабгача таълим
Яратилган вақти:
2016-04-07 11:40:18
(Qoraqalpoq xalq ertagi) Qadim-qadim zamonlarda, xalqqa zolim zamonlarda, mamlakatni xon so‘rab, qilich-dorlari qonsirab bir podshoh o‘tibdi, xalqqa juda zulm yetibdi. Zolimligi shu darajaga yetibdiki, shoh: «Kimda-kim oltmish yoshdan oshgan bo‘lsa - o‘limga mahkum!» degan farmon chiqaribdi. Shunday farmon chiqarilganidan so‘ng shoh jallodlari, «podshoh amri vojib», deb mamlakatdagi barcha qariyalarni bir chekkadan qilichdan o‘tkaza boshlabdi.

Baxtdan omadi chopgan


  
- 1 +
Даража:
Мактабгача таълим
Яратилган вақти:
2016-04-07 11:38:40
Bir yo bo‘lgan ekan, yo bo‘lmagan ekan, yetmish yetti mamlakatning narigi yog‘ida mislsiz katta dengizga yetay-yetay degan joyda bir qirol o‘tgan ekan. Uning Yanko degan o‘g‘li bo‘lgan ekan. Qirol o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi. Lekin kutilmaganda musibat yuz beribdi, nima bo‘libdi-yu, qo‘shni qirol bunisini allaqanday ish bilan xafa qilib qo‘yibdi, unga qarshi qo‘shin tortmasa bo‘lmaydigan bo‘lib qolibdi. Endi qirolning ko‘ngliga to‘y ham sig‘may qo‘yibdi. U juda katta qo‘shin to‘plabdi va jang qilgani ketibdi. O‘g‘liga esa taxt-u saltanatga qarab turishni topshirib, to urushdan qaytib kelmagunimcha uylanish to‘g‘risi- da xayolingga ham keltirma, deb qattiq tayinlabdi.

Ajdarho bilan shahzoda


  
- 0 +
Даража:
Мактабгача таълим
Яратилган вақти:
2016-04-07 11:36:09
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shoh bo‘lgan ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Kunlarning birida to‘ng‘ich o‘g‘li ovga yo‘l olibdi. Shahardan sal uzoqlashishi bilan butalar orasidan bir quyon sakrab chiqib qolibdi. Shahzoda quyonni quvlab ketibdi, tutaman deb goh u yoqqa, goh bu yoqqa chopibdi, quyon bo‘lsa dik-dik sakrab qochganicha bir tegirmon ichiga kirib yashirinibdi. Shahzoda ham uning izidan tegirmonga kiribdi. Quyon aslida quyon bo‘lmay, ajdarho ekan. Shahzodani shappa ushlabdi-da, yutib yuboribdi.

Tilla baliqchalar


  
- 0 +
Даража:
Мактабгача таълим
Яратилган вақти:
2016-03-14 12:07:56
Kunlarning birida o‘ymakor usta bilan zargar kimning hunari yaxshi deb bahslashib qolibdi. Ular uzoq bahslashibdi, tortishibdi. Bir vaqt oldilaridan qirol o‘tib qolibdi. Qiroldan, bu muammoni siz hal qilib bering, deb yalina boshlashibdi. Qirol, ikkalangizning ham hunaringiz yaxshi debdi-yu, lekin ularning san’atini aniqlash maqsadida ikkoviga ham bittadan narsa yasashni aytib, muddatini ham tayinlabdi. Kimning hunari yaxshiligini o‘shanda ko‘ramiz, debdi qirol. Zargar bir hafta muddat so‘rabdi, o‘ymakor usta bo‘lsa ikki hafta muhlat so‘rab, shu bilan tarqalishibdi. Chexiya xalq ertagi. “Oltin shahzoda” kitobidan olingan.

Sumalak - ko‘klam mo‘jizasi


  
- 1 +
Даража:
Мактабгача таълим
Яратилган вақти:
2016-03-14 12:02:54
Aytishlaricha, qadim zamonlarda bir kambag‘al ayol yashagan ekan. Uning Hasan-Husan degan o‘g‘illari ham bo‘lib, ular hali juda yosh ekanlar. Ayolning topgan-tutgani qishligiga zo‘rg‘a yetib, bir amallab ko‘klamga chiqib olibdilar. Uylarida yegulik hech vaqolari qolmabdi. O‘zi-ku, mayliku-ya, lekin ikki norasidasining qorinlari ochib, non so‘rab, zor-zor yig‘lashlarini ko‘rib, onaizor chidab turolmabdi. Afsona. "Gulgina" kitobidan olingan.

Oravadaryo ustidagi echki


  
- 1 +
Даража:
Мактабгача таълим
Яратилган вақти:
2016-03-14 12:00:19
Juda qadim zamonlarda Oravadaryo ustidagi Echkitog‘da judayam bir ajoyib tog‘ parisi yashagan ekan. Odamlar uni jonlaridan yaxshi ko‘rishar, chunki pari ularga yaxshi maslahatlar va pul berib siylar ekan. Slovak xalq ertagi. “Oltin shahzoda” kitobidan olingan.

Sabzavot ekinlari seleksiyasining asosiy yo‘nalishlari va urug‘chiligining xususiyatlari


  
- 2 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
K.Qaxxorov
Йўналиши:
Илмий-таълимий
Нашр этилган йили:
2012
Нашриёт:
SamQXI
Саҳифалар сони:
78
Яратилган вақти:
2016-03-09 15:40:53
Iste’molchilar sabzavot mahsulotlarining sifati va qiymatiga yuqori talablarni qo‘yayotgan sharoitda sabzavot ekinlarining kasalliklarga chidamli, mo‘l – ko‘l hosil beradigan, oziqaviy va texnologik sifatlari qimmatli bo‘lgan va shu bilan birga tashqi muxitning noqulay sharoitlariga ekologik jixatdan keng doirada moslasha oladigan navlarni jadallik bilan yetishtirib chiqarish va joriy etish juda zarur. Shuning uchun ham ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarishda sabzavot ekinlari seleksiyasining asosiy yo‘nalishlari va urug‘chiligining xususiyatlarini o‘rganish.

O‘zbek xalq ertaklarida mifik asosga ega qushlar obrazi


  
- 1 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
Boyboboyeva Mahiyora
Йўналиши:
Илмий-таълимий
Нашр этилган йили:
2013
Нашриёт:
Farg’оna davlat universiteti
Саҳифалар сони:
49
Яратилган вақти:
2016-02-29 09:02:24
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “… ajdodlarimizning tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari… bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”

«Dars muqaddas» tavsiyasiga binoan «O’rgat-o’rgan» tadbiri asosida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanma


  
- 1 +
Даража:
Олий таълим
Муаллиф:
HASANOVA NAFISANING
Нашр кўриниши:
Даврий нашр
Йўналиши:
Илмий-таълимий
Нашр этилган йили:
2012
Нашриёт:
BUXORO
Саҳифалар сони:
9
УДК рақами:
Яратилган вақти:
2016-02-23 16:29:05
Olmaxon bilmaysanmi barglar nega sarg’ayadi? – so’radi tipratikon.

Ovchi, ko'kcha va dono


  
- 0 +
Даража:
Умумий ўрта таълим
Яратилган вақти:
2016-01-29 12:18:31
Bolalar uchun ertak
Хато тўғрисида маълум қилиш Транслит