Zamonaviy texnologiyada kitob taxlami va muqova alohida tayyorlanib, kitob taxlami taxlamni muqovaga o’rnatish paytida muqova bilan birlashib ketadi. Taxlamni muqovaga o’rnatishning to’rtta usuli mavjud: 1 - oddiy (forzatslarga); 2 -gilzaga; 3 - yopiq; 4 - cho’ntaklarga. Deyarli xamma kitob nashrlari uchun o’lchami va xajmidan qatiy nazar asosan oddiy o’rnatish qo’llaniladi. "Yopiq" o’rnatishda taxlam, muqovaga koreshok maxsulotining qopqoq va forzatslar bilan birga taxlam koreshogining o’zi xam muqova koreshogiga qo’shimcha birlashtiriladi