
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
Darslik
Muallif:
N MAHMUDOV, A NURMONOV, A.SOBIROV, D.NABIYEVA, A.MIRZAAHMEDOV
Nashr etilgan yili:
2013
UDK raqami:
811.512.133(075)
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
Donishmandlar «Til – dilning kaliti – deb, bejiz aytmaganlar. Hayotda har bir yaxshi insonning qalbiga yo‘l topish vositasi til ekanini Siz ham yaxshi bilasiz, albatta. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o‘rganmoqning foydasi nechog‘liq katta ekani ayondir.Siz 7-sinfda 6-sinf «Ona tili» darsligidan olgan bilimlaringizni boyitasiz, yana yangi-yangi ma’lumotlar olasiz, o‘rgangan nazariy bilimlaringizni bir-biridan qiziq mashqlarga tatbiq etib, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanasiz. 7-sinf «Ona tili» darsligi mustaqil fikrlashingiz, to‘g‘ri xulosalar chiqara olishingiz, so‘z boyligingizning oshishi, to‘g‘ri talaffuz va puxta imlo sohibi bo‘lishingiz yo‘lida Sizga hamroh va yordamchi bo‘la oladi, degan umiddamiz.