
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
Diplom ishi
Muallif:
Jalolova O`g`iloy
Nashr etilgan yili:
2016
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolga erishgandan so‘ng O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro hujjatlardan biri “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” edi. Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi kabi faoliyati bevosita inson huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan milliy demokratik institutlar tashkil etildi.