logo
Asosiy
Kutubxona
Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Ma'ruza matni
    Muallif:
    Allamuratov Sh.A.
    Nashr etilgan yili:
    2018
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Milliy g‘oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.