Daraja:
Oliy ta‘lim
Tur:
Bitiruv malakaviy ishi
Muallif:
Sharipova Hilola Norqobilovna
Nashr etilgan yili:
2017
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
O’zbek xalqi azaldan o’zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr qo’yish, ularning qornini to’q, ustuni but qilish o’z yo’li bilan, lekin bolalarimizni go’daklik chog’idan boshlab odob-axloq, yuksak ma’naviyat va milliy g’oya ruhida tarbiyalab, voyaga yetkazish doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Birinchi, Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor” .