logo
Asosiy
Kutubxona
Umumta’lim maktablarida basketbol sport guruhlariga tanlashda xalq harakatli o‘yinlardan foydalanish samaradorligi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Bitiruv malakaviy ishi
    Muallif:
    A.A.Asadov
    Nashr etilgan yili:
    2019
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan oxirgi yillarda bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi: jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlari imzolandi. Unda, ohirgi yillarda basketbol bo‘yicha Milliy chempionatlar obro‘si va darajasini oshirish bo‘yicha ishlar etarlicha olib borilmayotganligi, yuqori malakali va sport zahiralari tayyorgarligini tashkil etish va mazmuniga etarli darajada ahamiyat berilmayotganligi bayon etilgan.