logo
Asosiy
Kutubxona
Mushuk, qo'chqor va xo'roz
    image
    Daraja:
    Maktabgacha ta‘lim
    Tur:
    Ertaklar
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    (Chexiya xalq ertagi) Bir dehqonnikida bir mushuk yasharkan-u, uy bekasi Verunaning uni ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q ekan. Sho‘rlik jonivorni ayamay urar, qon qaqshatar, ovqat bermay och-nahor tashlab qo‘yarkan. Oxiri bunday xo‘rliklarga chidolmagan mushuk: -Menga kun bermaydigan bo‘lsang, sichqonlarni o‘zing tut, — debdi-da, uyidan bosh olib chiqib ketibdi. U o‘rmondan ketib borayotgan ekan, bir qo‘chqor duch kelibdi. -Salom berdik, qo‘chqortoy, yo‘l bo‘lgay? — debdi mushuk.