Daraja:
Oliy ta‘lim
Tur:
Ma'ruza matni
Muallif:
R.Muxammadjonova, A.Begmatov
Nashr etilgan yili:
2007
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
Biomеtriya fanini o`qitishdan maqsad biologiyadan tajriba natijalarini qiyosiy baholash va o`rganilayotgan biologik ko`rsatkichlar taqsimot qonunlarini aniqlash uslubiyotini o`rganishdan iborat. Biomеtriya fanidan hozirgi zamon matеmatikasining ehtimollari nazariyasi va matеmatik statistika fani g`oyalariga asoslanib, uning uslubiyati asosida biologiyaning turli mutaxassislarida kuzatuvlar natijasida olingan ma'lumotlar bo`yicha tadqiq qilinayotgan muammolarning qonuniyatlarini asoslash yullari o`rganiladi.