logo
Asosiy
Kutubxona
Qadimgi dunyo harbiy san'ati tarixi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    U. Muxiddinov
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Qadimgi sharq davlatlarining harbiy san'ati Qadimgi Misr harbiy san'ati Qadimgi Misr davlati tarixi besh davrga bo‘linadi: ilk, qadimgi, o‘rta, yangi va so‘nggi podsholiklar davri. Har bir davrning harbiy tashkiloti o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan. Ilk podsholikning boshlanishi (mil. av. XXXI-XXIX asrlar) bilan Misrdagi ichki urushlar to‘xtagan, quyi Misr va yuqori Misr podsholiklarining birlashgan davri bo‘lgan. Qadimgi podsholik mil. av. XXVIII asrning boshlaridan to mil. av. XXIII asrning o‘rtalarigacha hukm surdi. Markazlashuv dexqonchilikning rivojlanishini ta'minlagan sug‘orish tizimining kengay'ishi va takomillashuvidek muhim hodisalarga olib keldi. Hunarmandchilik rivojlandi, butun boshli hunarmandchilik ustaxonalari ochilib, ularda qurol-yarog‘lar ham tayyorlana boshlandi. Savdo-sotiq kengaydi, bu o‘z navbatida kemasozlikning rivojlanishiga olib keldi.