logo
Asosiy
Kutubxona
Tohir Malik-Odamiylik mulki (1 qism)
    image
    Daraja:
    Umumiy ta‘lim
    Tur:
    Asarlar
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Sizlaru bizlarni goʻzal suratda yaratgan va cheksiz ne’matlarga burkagan Rabbimiz Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar aytamiz. Buyuk Parvardigorning buyuk irodasi ila buyuk vazifalarni yelkalarida koʻtargan va sizu bizga hidoyat yoʻlini koʻrsatgan suyukli paygʻambarimiz Muhammadga salavot va salomlar yoʻllaymiz. Allohning inoyati va marhamati ila koʻp yillik niyatimizni amalga oshirmoqqa kirishyapmizkim, bu ishimizni ham Yaratganning Oʻzi xayrli qilgʻay. Shu paytga qadar badiiy ijodda yaxshimi-yomonmi mashqlar qilib, oʻzimizni sinab koʻrdik. Soʻng odob bobida birodarlarimizga nafi tegar, degan umid bilan «Mehmon tuygʻular» nomida bir kitobchaga tartib berdik. Soʻng uni toʻldirib, «Imonlashish umidi» degan nomda e’tiborlaringizga havola etdik. Keyin esa farzandlar tarbiyasida foydali boʻlib qolar, degan maqsadda bir risola yozib unga «Jinoyatning uzun yoʻli» deb nom berdik. Bu yoʻnalishdagi urinishlarimizni endi mazkur odob risolasi nihoyasiga yetkazar, insha Alloh!