logo
Asosiy
Kutubxona
G'o'za ildiz sistemasi haqida tushunchalar berish metodikasi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Bitiruv malakaviy ishi
    Muallif:
    Atadjanova Gulnoza Baxtiyorovna
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Ma'lumki, xozirgi zamon paxtachiligi yangi yaratilayotgan istiqbolli g'o'za navlariga nisbatan katta talablar qo'ymoqda. Ular tezpishar, serxosil, yuqori sifatli tola beradigan, muhitning noqulayliklariga, garmselga, so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga nisbatan chidamli, tola chiqishi va uzunligi hamda chigitining moydorligi yuqori bo'lishi, tola sifati jahon andozalari talabiga to'liq javob berishi bilan ajralib turishi kerak. Paxtachilikning kelajakda yanada rivojlanishi va jahon paxta bozorida yetakchi o'rinlarni egallashimiz uchun avvalambor, ilg'or ilm – fan yutuqlaridan samarali foydalangan holda har bir xududning tuproq–iqlim sharoitiga mos, ekstremal sharoitlarga, hashorat va zararkunandalarga chidamli, serxosil, yuqori sifatli tola beradigan tezpishar g'o'za navlarini yaratib ishlab chiqarishga tadbiq etishni davr talabi taqozo etmoqda.