logo
Asosiy
Kutubxona
Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektron pochta
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    Sh.Oymatova.
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Hozirgi zamonda kompyuterlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shaxsiy kompyuterga ega bo‘lish, ixtiyoriy axborotni saqlash, ixtiyoriy algoritm bo‘yicha bu axborotni qayta ishlash imkoniyati hamma uchun mavjud. Lekin kompyuterni xotirasi qancha katta bo‘lmasin ish faoliyatimizda ishlashimiz bo‘lgan barcha axborotni unga sig‘dirib bo‘lmaydi. Biror axborot zarur bo‘lib qolgan vaqtida axborot tashuvchi vositalarni ko‘tarib yurish ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun noqulay, albatta. Bunday noqulayliklardan qutilish uchun kompyuterlarni birlashtirish taklif qilinadi.