logo
Asosiy
Kutubxona
Hozirgi zamon fors tilida xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    Yakubov O.A.
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Fors tiliga kirib kelgan so‘zlarning aniq miqdorini belgilash o‘ta mushkul ish. Chunki bu ish fors tilidagi manbalarni to‘la ro‘yxatga olish va ulardagi mavjud lug‘at birliklarini statistik va etimologik tadqiqotini o‘tkazishni talab qiladi. Tilshunos olim A. Quronbekov o‘zining “Fors tili leksikologiyasi” kitobida yozishicha, hozirgi zamon fors tilining mukammal lug‘atlaridan Ali Akbar Nafisiyning «Farnudsar» lug‘atida 158431 lug‘at birligi ro‘yxatga olingan va unda 99522 lug‘at birligi (63%) arab tiliga oid so‘zlarni tashkil qiladi. Undan tashqari, lug‘atga kirgan turkiy va Yevropa tillaridan o‘zlashmalarni ham hisobga olinadigan bo‘lsa, forscha lug`atning uchdan bir qisminigina tashkil qiladi. Albatta, bu hozirgi zamon fors tili holatini aniq aks ettirmaydi, chunki bu lug‘at birliklarining manbai, uslubiy qatlamlari va statistik ma’lumotlari aniq ma’lum emas