
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
O'quv-qo'llanma
Muallif:
H.M.Jumayeva
Nashr etilgan yili:
2023
UDK raqami:
378.371.035.4
Yaratilgan vaqti:
05.02.2024
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5111700- boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalariga o‘qitiladigan “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli fani asosida yaratilgan bo‘lib, ushbu fanning amaliy mashg‘ulotlar jamlanmasining birinchi qismini, ya’ni 1-modulni qamrab oladi. Unda “Matematika o‘qitish metodikasi” fan dasturidagi o‘xshash va bir-biriga yaqin bo‘lgan mavzular ixchamlashtirilgan bo‘lib, o‘quv qo‘llanmada matematika o‘qitish metodikasi fanining o‘quv dasturi, darsligi, ta’lim metodlarining tasnifi, vositalari, o‘qitish shakllari, asosiy miqdorlar, sonlarni nomerlashga o‘rgatish, matematika fanini o‘qitish jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma malaka va kompetensiyalarini tashxis etish masalalari yoritilgan.