logo
Asosiy
Kutubxona
Alisher Navoiy Ensiklopediyasi IV JILD (T–CH)
    image
    Daraja:
    Umumiy ta‘lim
    Turi:
    Еntsiklopediya
    Muallif:
    Bahrom ABDUHALIMOV, Nizomiddin MAHMUDOV, Shuhrat SIROJIDDINOV, Sirojiddin SAYYID, Jabbor ESHONQULOV, Olim DAVLATOV, Isajon SULTON, Nodir JONUZOQ
    Nashr etilgan yili:
    2025
    UDK raqami:
    821.512.133-1
    Yaratilgan vaqti:
    04.02.2025
    0
    Ko‘p jildli “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” buyuk shoir va mutafakkir, yirik davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy mansub bo‘lgan XV asrning II yarmi Xuroson va Movarounnahrdagi tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va adabiy hayot, ulug‘ shoirning tarjimayi holi, faoliyati, yaqinlari, do‘stlari, ijodiyotining ma’naviy sarchashmalari, salaflari, adabiy merosi va uning jahonshumul ahamiyati, qolaversa, mumtoz adabiyotimiz tarixida tutgan beqiyos o‘rni xususida atroflicha ma’lumotlarni qamrab olgan yirik qomusdir. Ensiklopediyadan navoiyshunoslik masalalari, buyuk shoir asarlarining turli yillardagi nashrlari, xorijiy tillarga tarjimalari, yurtimiz va jahon kutubxonalari xazinalarida saqlanayotgan qo‘lyozma hamda toshbosma kitoblari, shuningdek, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino singari san’at turlarida Alisher Navoiy siymosining aks ettirilishiga doir maqolalar ham o‘rin olgan. Turli she’riy janrlarga oid asarlarining sharh va tahlillaridan ayrim namunalar keltirilgan. Jumladan, kitobning mazkur 1-jildiga 620 ta maqola kiritilgan bo‘lib, ular mavzu xilma-xilligi, ko‘pgina ma’lumot va dalillarning yangiligi, aniqligi va qiziqarliligi bilan o‘ziga xosdir. “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” navoiyshunos olimlar, mumtoz adabiyot bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek filologiyasi yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari, talabalari, o‘rta maktablarning adabiyot muallimlari, umuman, Alisher Navoiy hayoti va ijodiyotiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.