
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
Monografiya
Muallif:
Saidmurodova J. B.
Yaratilgan vaqti:
26.02.2025
Bugungi kunda dunyoda bolalar va oʻsmirlar orasida tish-jagʻ anomaliyalarining tarqalishi 50-80% ni tashkil qiladi, tish-jagʻ anomaliyalari asosiy stomatologik kasalliklar guruhiga kirib keng tarqalganligi bilan tavsiflanadi. Bunda aholining 37% “...ixtisoslashtirilgan ortodontik yordamga muhtojdir...” . Hozirgi zamonaviy davrda har qanday tibbiy xizmat faqat barcha boʻgʻinlarning va barcha elementlarning oʻzaro maqbul taʼsirlashuvida muvaffaqiyatli ishlashi mumkin. Sogʻliqni saqlash tizimi koʻp jihatdan tibbiy muassasalar faoliyatini maqbullashtirish uchun ular faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish darajasiga bogʻliq. Soʻnggi yillarda dunyoda optimal funksional va estetik natijalarga erishish maqsadida olinmaydigan apparatlardan foydalangan holda ortodontik davolanish uchun stomatologiyaga yangi texnologiyalar va materiallarni joriy etish boʻyicha koʻplab tadqiqotlar amalga oshirildi.