
Daraja:
Umumiy ta‘lim
Turi:
Lug`at
Muallif:
R.Y.Xudoyberganov, N.Uluqov, M.T.Mirakmalov, T.J.Enazarov, V.T.Nafasova, M.M.Avezov, Sh.Temirov, O.Bo‘riyev, X.O.Bo‘riyeva, O.Boltabayev, Y.Ahmadaliyev,Q.Hakimov, Sh.Bekturdiyev, S.G‘aybullayev, K.M.Seytniyazov, Y.Ne’matova
Nashr etilgan yili:
2022
UDK raqami:
811.512.133'373.21(038)
Yaratilgan vaqti:
10.04.2025
O‘zbekiston Respublikasidagi joy nomlari nihoyatda ko‘p va rang-barang bo‘lib, ular mazmunan boy hamda tarixiy sanaladi. Mazkur lug‘atda katta obyektlar, tarixiy va ayrim zamonaviy nomlar jamlangan. Asosiy maqsad, ushbu joy nomlarining ma’nolarini aniqlash va belgilab olish hamda kelgusida shu sohada ilmiy-tadqiqot olib boruvchi izlanuvchilar uchun zamin hozirlash, eng asosiysi, yoshlarga mazkur nomlarning ma’nolarini bekam-u ko‘st yetkazishdan iborat.
Ayni paytda, ushbu kitob joy nomlarining lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvida yozilishi har bir kitobxonga, qolaversa, rasmiy idoralar va tashkilotlarga ko‘mak beradi.
Mazkur lug‘at O‘zbekiston Toponimika jamiyatining yig‘ilishida muhokama qilinib, 2021-yilning 30-sentabrida 1-sonli bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan. Ushbu kitob ilk nashr bo‘lib, unga tarixiy joy nomlarining ayrimlarigina kiritildi. Kelgusida kitobxonlarning taklif va mulohazalarini inobatga olib to‘ldirilib boriladi.