
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
Monografiya
Muallif:
Maxamatova Umida Rahmonjonovna
Yaratilgan vaqti:
09.12.2025
Mazkur monografiya yurak faoliyati va qon tomir tonusini farmakologik boshqarishning nazariy hamda amaliy asoslarini yoritadi. Unda inotrop, xronotrop, dromotrop va batmotrop ta’sir mexanizmlari, ularning molekulyar va fiziologik o‘zaro bog‘liqligi chuqur tahlil qilingan. Qon tomir tonusini regulyatsiya qiluvchi vositalar — vazodilatatorlar, vazokonstriktorlar, nitratlar hamda periferik qon aylanishini yaxshilovchi preparatlarning farmakodinamik xususiyatlari ilmiy asosda bayon etilgan. Shuningdek, renin–angiotenzin–aldosteron tizimi (RAAS), beta-adrenoblokatorlar, neyro-gumoral regulyatsiya mexanizmlari va ularning yurak yetishmovchiligi, gipertenziya hamda ishemik kasalliklarni davolashdagi o‘rni keng yoritilgan. Monografiyada zamonaviy kardiologik farmakoterapiyada qo‘llaniladigan dori guruhlarining samaradorligi, xavfsizlik mezonlari va klinik natijalari tizimli tarzda tahlil qilingan. Ushbu asar farmatsevtika, tibbiyot va klinik farmakologiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalarga yurak qon-tomir tizimini farmakologik boshqarish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy yo‘nalish beruvchi muhim manba sifatida xizmat qiladi.