
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
Monografiya
Muallif:
Qurbonov Pahlavon Sirojiddin o'g'li
Yaratilgan vaqti:
11.12.2025
Ushbu monografiya ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlarini keng qamrovli tarzda yoritadi. Kitobda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning pedagogik samaradorligini oshirishdagi roli va zamonaviy ta’lim jarayonlariga integratsiyasi masalalari batafsil tahlil qilingan.
Monografiyada ta’lim sohasida axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixidan boshlab, ularning innovatsion o‘quv-uslubiy ishlanmalar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va interaktiv darsliklardagi qo‘llanilishiga qadar bo‘lgan jarayonlar yoritilgan. Shuningdek, ma’lumotlar bazalari, virtual laboratoriyalar, masofaviy va elektron ta’lim tizimlari orqali bilim olish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
Monografiya ilmiy yangiligi bilan ajralib turib, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishning nazariy asoslarini va amaliy ko‘rsatmalarini birlashtiradi. U ta’lim muassasalari pedagoglari, o‘qituvchilar, magistrantlar va doktorantlar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.