logo
Asosiy
Kutubxona
Polilaktid asosida bioparchalanuvchan materiallar: olinishi, xossalari va texnologiyasi
    image
    Daraja:
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
    Turi:
    Avtoreferat
    Muallif:
    Xudaynazarov Jahongir Ortiq oʻgʻli
    Yaratilgan vaqti:
    09.04.2026
    0
    Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati parchalanuvchan polilaktid, modifikatsiyalangan selluloza makromolekulalari tarkibiga noorganik minerallar – bentonit, kaolinning 10 % gacha miqdorda qo‘shish mumkinligi, ular orasida o‘zaro ta’sir kuchlari yuzaga kelishi orqali bioparchalanuvchan materiallarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalarining yaxshilanishi, tannarxining arzonlashishi ilmiy asoslanganligi hamda sintez jarayoni uchun kerak bo‘lgan mahsulotlar mahalliy xom-ashyolardan foydalanganligi bilan izohlanadi; Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mahalliy xomashyolar polilaktid, oligolaktid bilan modifikatsiyalangan selluloza va mineral komponentlar asosida olingan bioparchalanuvchan materiallar atrof-muhitga tushganda biologik yo‘l bilan 2-6 oy mobaynida to‘liq parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining zararsiz ekanligi, polilaktidning gidrolizidan hosil bo‘lgan L-sut kislotasi mikroorganizmlar uchun ozuqa bo‘lishi sababli bunday materialarning ishlab chiqarilishi yangi tarkibli, ekologik xavfsiz bioparchalanuvchan materiallar olishga xizmat qiladi.