logo
Asosiy
Kutubxona
Tayanchlarning turli xildagi qo'zg'alishlarida ko'priklarni seysmik ta'sirlarga hisoblash usullarini takomillashtirish
    image
    Daraja:
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
    Turi:
    Avtoreferat
    Muallif:
    G'ulomov Doston Inomjon o'g'li
    Yaratilgan vaqti:
    13.04.2026
    0
    Mazkur avtoreferat 05.09.02 – “Geotexnika (ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar)” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ko‘prik tayanchlarining turli grunt sharoitlarida joylashuvi natijasida yuzaga keladigan nosinxron seysmik tebranishlarni hisobga olgan holda transport inshootlarini seysmik ta’sirlarga hisoblash usullarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda ko‘p oraliqli uzlukli va uzluksiz to‘sinli temirbeton ko‘prik inshootlarining seysmik mustahkamligini oshirish, mikroseysmik rayonlashtirish natijalarini hisoblash modellariga integratsiya qilish hamda tayanchlar orasidagi korrelyatsiyani aniqlash asosida chiziqli spektral hisoblash usulining takomillashtirilgan varianti ishlab chiqilgan. Ishda grunt sharoitlari va relyefning seysmik tebranishlarga ta’siri sonli modellashtirish asosida tahlil qilingan hamda tezlanishlar maydonining nobirjinsligi ko‘prik konstruksiyalarining kuchlanish-deformatsiyalanish holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari asosida ko‘priklarni loyihalashda tayanchlarning nosinxron qo‘zg‘alishlarini hisobga olish konstruktiv yechimlarni optimallashtirish, material sarfini kamaytirish hamda qurilish xarajatlarini qisqartirish imkonini berishi ko‘rsatib berilgan. Taklif etilgan usul amaliy loyihalash jarayoniga joriy etilgan bo‘lib, iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Mazkur ish seysmik faol hududlarda transport inshootlarining ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi hamda ko‘priklarni loyihalashning zamonaviy hisoblash usullarini rivojlantirishga ilmiy hissa qo‘shadi.