logo
Asosiy
Kutubxona
Markaziy farg‘ona shimoliy qismi gidromorf tuproqlari
    image
    Daraja:
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
    Turi:
    Monografiya
    Muallif:
    N.N. QALANDAROV, A.J. ISMONOV
    Yaratilgan vaqti:
    03.07.2026
    0
    Ushbu monografiyada Markaziy Farg’ona shimoliy qismi Mingbuloq tumani sug’oriladigan gidromorf tuproqlarining holati va antropogen omil ta’sirida o’zgarishini aniqlash bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Monografiyada o’zlashtirish va sug’orish ta’sirida Markaziy Farg’ona shimoliy qismi gidromorf tuproqlarining keyingi 40-45 yil davomida tuproq qoplamlarida gidromorf rejimni jadallashishi hisobiga tuproqlarning ekologik-meliorativ holati o’zgarganligi, sho’rlanish-sho’rsizlanish jarayonlari, antropogen omil ta’sirida tuproqlarning xossa-xususiyatlaridagi agrokimyoviy va kimyoviy o’zgarishlar natijasida yangi genetik tuproq guruhlari shakllanishi bo’yicha tadqiqotlar olib borilgan va natijalari yoritilgan. Markaziy Farg’ona shimoliy qismi tayanch massivlar sug’oriladigan gidromorf tuproqlari sifat jihatidan baholangan va har bir tuproq ayirmasi uchun bonitet ballari aniqlangan. Monografiya fermer xo’jaliklari, agroklaster va yerdan foydalanuvchilar, talabalar, doktarantlar va qishloq xo’jaligi hodimlari uchun mo’ljallangan.