logo
Asosiy
Kutubxona
Shahar muhitida shovqinning gigiyenik muammolari va uning zararli ta’sirini kamaytirishning profilaktik asoslari
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Turi:
    Monografiya
    Muallif:
    Xalmuratov Baxram Ziuatdinovich
    Yaratilgan vaqti:
    09.09.2026
    0
    Butun dunyoda intensiv urbanizatsiya, transport, qurilish va texnogen yuklamalarning ortishi sharoitida shahar muhitining shovqin bilan zararlanishi aholi salomatligiga yaqqol tibbiy-ijtimoiy ta’sir ko‘rsatuvchi atrof-muhitning yetakchi noqulay omillaridan biriga aylanib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, «...haddan tashqari shovqin inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi...» , u uyqu buzilishi, yurak-qon tomir, psixofiziologik va eshitish qobiliyatining buzilishini keltirib chiqaradi, shu bilan birga, yirik shaharlar aholisining qariyb 40 - 70% qismi doimiy ravishda noqulay akustik sharoitlarda yashaydi. Zamonaviy megapolislar ko‘p omilli barqaror akustik ifloslanish shakllanishi bilan tavsiflanib, ko‘p holatlarda shovqin darajalari ruxsat etilgan sanitariya-gigiyenik me’yorlardan oshib ketmoqda. Shu sababli, megapolislarning turar-joy hududlarida akustik ifloslanishini gigiyenik baholash zamonaviy profilaktik tibbiyotning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.