
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
Maqola
Muallif:
Shokirov Temurmalik Farhod o'g'li
Yaratilgan vaqti:
13.09.2026
Ushbu maqolada kredit-modul tizimi sharoitida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida ona tili darslarini samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan. Unda talabalarning mustaqil ta'lim faoliyatini tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish, raqamli ta'lim texnologiyalarini integratsiya qilish hamda baholashning kompetensiyaviy yondashuv asosida olib borilishi tahlil etilgan. Shuningdek, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi hamkorlik, o'quv motivatsiyasini oshirish, dars samaradorligini ta'minlashda pedagogik muhitning ahamiyati ochib berilgan. Maqolada kredit-modul tizimining afzalliklari, uni amaliyotga joriy etishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar keltirilgan.