
Daraja:
Umumiy o‘rta ta‘lim
Turi:
Monografiya
Muallif:
MAMASAIDOVA MUHABBATXON ABDUSALOM QIZI
Yaratilgan vaqti:
13.09.2026
Ushbu monografiyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Asarda kichik yoshdagi o‘quvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari, ularning makon va shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonida fazoviy tafakkurni rivojlantirishning samarali pedagogik shart-sharoitlari tahlil etilgan.
Monografiyada fazoviy tasavvurni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari — geometrik shakllarni idrok etish, predmetlarning fazodagi joylashuvini aniqlash, yo‘nalish va masofa tushunchalarini anglash, tasavvurda aylantirish (mental rotatsiya), modellashtirish va konstruktiv faoliyat orqali rivojlantirish masalalari ilmiy asosda ochib berilgan.
Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishning innovatsion shakllari — didaktik o‘yinlar, konstruktiv materiallar bilan ishlash, geometrik modellar va chizmalar, interfaol metodlar, STEAM elementlari, raqamli animatsiyalar va vizual simulyatsiyalar asosida o‘qitish imkoniyatlari amaliy misollar yordamida yoritilgan.
Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘quvchilarda fazoviy tafakkur, mantiqiy fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini rivojlantirish, matematik bilimlarni ongli o‘zlashtirish hamda ularning bilish faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Monografiya boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari, metodistlar, pedagogika yo‘nalishidagi olimlar, doktorantlar, magistrantlar hamda fazoviy tafakkurni rivojlantirish muammolari bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.