logo
Asosiy
Kutubxona
Amfetamin guruhi moddalarining kimyo-toksikologik tadqiqotlari
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Turi:
    Avtoreferat
    Muallif:
    ABDUXALIQOVA NARGIZA O‘KTAMOVNA
    Yaratilgan vaqti:
    16.09.2026
    0
    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtda dunyoda 275 millionga yaqin odam muntazam ravishda giyohvandlik vositalarni isteʼmol qiladi, bu ko‘rsatkich 2010 yilga nisbatan 22 foizga oshgan. Bu esa dunyo aholisi, ayniqsa yoshlarni giyohvand vositalar bilan turli darajada zaharlanishlariga, ayrim holatlarda bu zaharlanish o‘lim bilan tugashiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun bunday vositalarning suisteʼmolini oldini olish, zaharlanish holatlarida asosiy tasir etuvchi moddalarni ichki azolardan ajratib olish, ularning tahlil qilishning usul va uslublarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda jahon miqiyosida musodara qilingan amfetaminlar miqdori sezilarli darajada oshdi. Ushbu moddalarni noqonuniy tarqatilishi, suiiste’moli holatlarini fosh etish, kimyo-toksikologik tahlillar maqsadlari uchun biologik ob’ekt va biosuyuqliklardan ajratib olish, tahlil qilishning zamonaviy, sezgir, selektiv va tasdiqlangan usul va uslublari ishlab chiqish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada amfetaminlarni turli matrisalarda identifikatsiya qilish va miqdorini aniqlashning yuqori sezgirlik va aniqlikka ega, selektiv metodlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor berilmoqda.