logo
Asosiy
Kutubxona
Tabiiy xomashyodan lektin moddasini ajratib olish hamda uning asosida biologik faol qoʻshimcha olish texnologiyasini ishlab chiqish
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Turi:
    Avtoreferat
    Muallif:
    RASHIDOVA NODIRA QOBILJON QIZI
    Yaratilgan vaqti:
    16.09.2026
    0
    Dissertatsiya mavzuning dolzarbligi va zarurati. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2025-yilgi GLASS tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, so’nggi yillar davomida global miqyosda 23,8 milliondan ortiq bakterial infeksiya holatlari antibiotiklarga sezuvchanlik testi orqali aniqlangan bo‘lib, faqat 2023-yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 4,5 milliondan oshganligi esa ushbu infeksion kasalliklarning keng tarqalganligini hamda ularni samarali davolash muammosi dolzarbligicha qolayotganini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda mazkur kasalliklarni davolashda asosan antibiotiklar va sintetik antibakterial preparatlar qo‘llanilayotgan bo‘lib, ularning samaradorligi tobora pasayib borayotgani va nojo‘ya ta’sirlarining mavjudligi yangi muqobil vositalarni izlash zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu sababli ushbu muammoni hal qilishda dorivor o‘simliklar tarkibidagi antibakterial xususiyatga ega biologik faol moddalarni ajratib olish, ular asosida yangi dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar texnologiyalarini ishlab chiqish, ularning sifat nazoratini, farmakologik faolligi va bezararligini aniqlash hamda tibbiyot amaliyotiga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.