
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
Maqola
Muallif:
Bahriddinova Yulduzxon Bahriddin qizi
Yaratilgan vaqti:
29.09.2026
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi botanik terminlarning frazeologik birliklar tarkibida kelishi, ularning lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlari hamda frazeologik birliklar qatoridagi ekvivalentlik tushunchasi keng muhokama qilingan. Xususan bitta frazeologik birlik komponenti sifatida bir nechta botanik terminlarning qo‘llanilishi va ular anglatayotgan ma’noning shu botanik termin bilan ifodalanuvchi o‘simlik yoki mevaning shakli, hajmi, rangi va boshqa xususiyatlariga qiyoslab tanlanganligining muhokamasi ham mavzuning dolzarbligini ta’minlaydi. Bundan tashqari botanik terminlarning frazeologik birlik tarkibida Grammatik jihatdan tobe – hokim munosabatiga kirishishi va boshqa so‘zlar bilan yaxlit bir ma’noni ifodalashga xizmat qilishi ham ahamiyatga molikdir.