logo
Asosiy
Kutubxona
Mahalliy xomashyolar asosida noto‘qima materiallar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va iqtisodiy samaradorligini aniqlash (Xisori mayin jun korxonasi misolida)
    image
    Daraja:
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
    Turi:
    Avtoreferat
    Muallif:
    Omonturdiyev Ortiq Eshboyevich
    Yaratilgan vaqti:
    29.09.2026
    0
    Tadqiqot maqsadi mahalliy dag‘al jun tolasini fizik-mexanik qayta ishlash va turli xil iflos aralashmalardan tozalash jarayonlarini takomillashtirish, 2BT-150Sh rusumli titish-tozalash uskunasining konstruksiyasiga qo‘shimcha cho‘tkali baraban o‘rnatish, uning konstruktiv va texnologik parametrlarini nazariy hamda tajribaviy jihatdan asoslash orqali tolaning titilganlik darajasi, iflosliklardan tozalanish samaradorligi va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, shuningdek, mahalliy xomashyo asosida sifatli jun tolasi materiallarini olishga yo‘naltirilgan resurs tejamkor va iqtisodiy samarador texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.