logo
Asosiy
Kutubxona
Tajribaviy mikroelementozda qalqonsimon bez morfologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi
    image
    Daraja:
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
    Turi:
    Avtoreferat
    Muallif:
    Aslanov Odil G‘ulomovich
    Yaratilgan vaqti:
    11.10.2026
    0
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ilk bor tajribaviy sharoitda magniy, temir, selen va rux mikroelementlarining alohida hamda kombinirlangan tanqisligi sharoitida oq zotsiz kalamushlar qalqonsimon bezida yuzaga keladigan morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlar kompleks ravishda o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida mikroelementlar tanqisligi sharoitida qalqonsimon bezda rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Xususan, follikulyar epiteliyda distrofik va atrofik o‘zgarishlar, kolloid miqdorining kamayishi, follikulalarning qayta tuzilishi va mikrosirkulyator o‘zgarishlar rivojlanishi isbotlangan. CD95 ekspressiyasining ortishi va CD163 ekspressiyasining o‘zgarishi qalqonsimon bezdagi apoptoz va reparatsiya jarayonlarini bilvosita baholashga imkon bergan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati olingan natijalar mikroelementlar tanqisligi sharoitida qalqonsimon bezda rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarni erta diagnostika qilish va baholash uchun morfologik mezonlar sifatida xizmat qilishi, qalqonsimon bez kasalliklarini va ularning asoratlarini bashoratlash, shuningdek, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ratsional ovqatlanish va mikroelementlar muvozanatini tiklashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tartibini ishlab chiqish bilan izohlangan.