logo
Asosiy
Kutubxona
Tibbiyot muassasalarida shifoxona ichki infeksiyalari epidemiologiyasi, xavf omillari va oldini olish choralari
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Turi:
    Monografiya
    Muallif:
    Xakimov Rahmatillo Abdusalomovich Madraximova Zuxra Mamasodiqovna
    Yaratilgan vaqti:
    15.10.2026
    0
    Mazkur monografiya mavzusining dolzarbligi bir qator muhim omillar bilan izohlanadi. Shifoxona ichki infeksiyalari zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida alohida epidemiologik, klinik va tashkiliy ahamiyat kasb etuvchi murakkab hodisadir. Ular tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq ravishda yuzaga keladi va bemor xavfsizligiga, davolash samaradorligiga, shifoxonada yotish muddatiga, iqtisodiy xarajatlarga hamda antimikrob rezistentlikning shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli shifoxona ichki infeksiyalarini o‘rganish nafaqat klinik infeksion patologiyani tavsiflash bilan cheklanadi, balki uning nazariy asoslarini, epidemiologik mexanizmlarini, metodologik yondashuvlarini va profilaktik boshqaruv tizimini chuqur tahlil qilishni talab etadi.