logo
Asosiy
Kutubxona
Ingliz tilini o‘rganish jarayonida talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini simulyatorlar yordamida rivojlantirishning didaktik tizimi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Turi:
    Avtoreferat
    Muallif:
    Yigitaliyeva Nozimaxon Farxodjon Qizi
    Yaratilgan vaqti:
    15.10.2026
    0
    Globallashib borayotgan dunyoda barcha kasb vakillariga chet tillarini shaxsiy, professional yoki akademik maqsadlarda o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar kelajakda o‘z kasbining moxir ustasi bo‘lishi uchun bir yoki bir nechta chet tillarini bilishi zamon talabiga aylangani rad etib bo‘lmas haqiqatdir. Bu borada an’anaviy til o‘rganish usullari ko‘pincha grammatik tarjima va yodlash, talabalarning amaliy muloqot ehtiyojlarini qondirmasligi mumkin bo‘lgan yondashuvlar bilan xarakterlanadi. Zamonaviy o‘qitish usullari talabalarning bilim qobiliyatlari, vaqt cheklovlari va aniq o‘quv maqsadlariga mos keladigan talablarga yo‘naltirilgan yondashuvlarga qaratilgan. Ushbu zamonaviy yondashuvlar an’anaviy yodlash va grammatikaga yo‘naltirilgan usullardan ko‘ra muloqot, talabaning avtonomiyasi va amaliy tildan foydalanishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.