
Daraja:
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
Turi:
Avtoreferat
Muallif:
Rahmatova Yulduz Shaxobovna
Yaratilgan vaqti:
05.11.2026
Mazkur avtoreferatda o‘zbek tilidagi gap qolipli frazemalarning lingvostilistik xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda frazemalarning struktur-semantik tabiati, sintaktik modellari, birikuvchanlik xususiyatlari, milliy-madaniy mazmuni hamda badiiy, publitsistik va so‘zlashuv uslublaridagi qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Gap qolipli frazemalarning funksional-semantik va uslubiy xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar bayon etilgan.