
Daraja:
Oliy ta‘lim
Turi:
O'quv-qo'llanma
Muallif:
Usmonov Saidjon Abdusubxon o‘g‘li
Yaratilgan vaqti:
12.11.2026
Hozirgi davrda fizika nazariy va amaliy tibbiyot rivojiga sezilarli ta‘sir ko'rsatmoqda. Oxirgi vaqtlarda tibbiyot biofizikasi shakllandi. Uning asosiy vazifalaridan biri-organizm funksional holatini ob‘ektiv baholash uchun qo'llash mumkin bo'lgan fizikaviy va kimyoviy parametrlarni aniqlashdan iboratdir. Hayotiy jarayonlarning buzilishi haqida aynan shu parametrlarning o'zgarishiga ko'ra xulosa chiqarsa bo'ladi. Tabiiyki biofizika fanini mukammal o'rganish, tibbiyot muhandisligi bilimlarini puxta o'zlashtirishda fizika fanining o‘rni beqiyosdir.