logo
Asosiy
Kutubxona
Surunkali buyrak yetishmovchiligini eksperimental modellashtirish fonida taloqdagi morfometrik va morfologik o‘zgarishlari
    image
    Daraja:
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
    Turi:
    Avtoreferat
    Muallif:
    Sobirov Sherzod Shodulloyevich
    Yaratilgan vaqti:
    16.11.2026
    0
    Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati surunkali buyrak yetishmovchiligining tajriba modeli sharoitida taloqda rivojlanadigan morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarning qonuniyatlari aniqlanganligi, oq va qizil pulpa, limfoid follikulalar, periarterial limfoid mufta, germinativ markazlar hamda stromal komponentlarning strukturaviy qayta qurilishi ilmiy jihatdan asoslanganligi, CD3 va CD20 immunogistokimyoviy markerlari ekspressiyasining o‘zgarishlari aniqlanib, surunkali buyrak yetishmovchiligi sharoitida taloqning immunomorfologik qayta qurilishi hamda hujayraviy va gumoral immunitetdagi buzilishlarning morfologik asoslari to‘ldirilganligi bilan izohlangan. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati aniqlangan morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar surunkali buyrak yetishmovchiligi sharoitida taloqdagi strukturaviy o‘zgarishlarni baholashning qo‘shimcha morfologik mezonlari sifatida foydalanilishi va zarjava ildizi kukuni bilan o‘tkazilgan korreksiya natijalari uning taloq to‘qimasiga nisbatan immunomorfoprotektiv xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatib, eksperimental tadqiqotlarda va yangi fitokorreksion vositalarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi bilan izohlangan.