logo
Asosiy
Kutubxona
O'zbekiston tarixi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Turi:
    Uslubiy qoʻllanma
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Ushbu uslubiy ko`rsatma tarix yo`nalishidan tashqari boshqa fakultet I-kurs talabalari uchun “O'zbekiston tarixi” fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy uslubiy ko`rsatma va topshiriqlar, zarur adabiyotlar va internet manzillarida mavjud saytlar berilgan. Uslubiy ko’rsatma yangi o’quv reja asosida tayyorlangan bo’lib, jami 58 o’quv soatiga mo’ljallangan mavzular ko’rsatilgan. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o’qituvchi rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarishi uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanmalar va ko’rsatmalar, ma'lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmoqidagi tegishli ma'lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: -fanda qo’lga kiritilayotgan yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish; -o’qitilayotgan fanniga doir kerakli ma'lumotlarni izlab topish, materialni tahlil qilishning qulay usul va vositalarini aniqlash; -axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish; -an'anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;