logo
Asosiy
Kutubxona
Lokal kompyuter tarmoqlari
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Turi:
    Referat
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Kompyuter tarmog`ining dasturiy ta`minoti Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko`rsatadigan xizmati bilan o`lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta`minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko`plab foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo`ljallangan bo`lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta`minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko`pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo`lgan tarmoqning bosh Kompyuteri resurslarini takdim etishga mo`ljallangan. U fayl - server deb yuritiladi. Bosh Kompyuterning asosiy resursi fayllar bo`lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega fayllar bo`lishi mumkin Fayl-server-bu serverning eng umumiy turi. Fayl-serverning disk sig`imi odatdagi kompyuterlardan ko`p bo`lishi kerak, chunki unda ko`pgina kompyuterlar foydalaniladi.