
Уровень:
Высшее образование
Тип:
Магистерская диссертация
Автор:
Oblaqulov Bekzodjon
Дата создания:
02.03.2026
O`tgan yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportini tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan marketing soxasidagi tarkibiy o`zgarishlar amalga oshirilgani, xususan, valyuta siyosati liberallashtirilgani, ma`muriy to`siqlar bartaraf etilgani, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to`lovning bozor mexanizmi joriy qilinganligi qayd etilgan[ O`zbekiston Respublikasi prezidentining “Eksportga ko`maklashish va uni rag`batlantirishni kuchaytirish chora tadbirlari tadbirlari to`g`risida” gi qarori].
Lekin, tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan, ular hajmlarining real o`sish suratlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish suratlariga muvofiq emasligini va eksport saloxiyatini amalga oshirishda mavjud marketing muammolari mavjudligini kursatayotgani qayd etilmoqda.