
Уровень:
Высшее образование
Тип:
Методические указания
Автор:
O‘ktamova Mehrigiyo A’zamovna
Дата создания:
01.07.2026
Ushbu qo‘llanma umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf yo‘nalishi
talabalari va o‘qituvchilari uchun yordamchi manba sifatida yaratildi. Qo‘llanmada
o‘qituvchilarning dars jarayonida badiiy matnlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarda
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini
rivojlantirish, o‘qish savodxonligini oshirish hamda matnni anglash, tahlil qilish va
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishda ko‘maklashuvchi metodik tavsiyalar
yoritilgan. Shuningdek, qo‘llanmada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh
xususiyatlariga mos holda tanlangan badiiy asarlar asosida Vatanga muhabbat, milliy
g‘urur, sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi, tajribada
sinovdan o‘tgan interfaol usullar, mashqlar va amaliy ishlanmalar haqida batafsil
ma’lumot berilgan.