
Тип:
Реферат
Автор:
Axborot texnologiyalari
Год издания:
2013
Дата создания:
03.09.2023
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MB) deganda real dunyoning konkret ob’yektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushunish mumkin. Lekin ma’lumotlar
hajmi oshib borishi bilan ularni tahlil qilish, umumlashtirish, qayta ishlash masalalarini hal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob’yekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan hal qilinadi. Ob’yekt – bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’yektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MB bo‘la oladi. Masalan, har bir institut yoki fakultet – bu ob’yektlar bo‘lsa, ulardagi talabalar haqidagi ma’lumotlar to‘plami MBga misol bo‘la oladi.