Уровень:
Высшее образование
Тип:
Реферат
Автор:
Boyhanova B
Год издания:
2017
Дата создания:
03.09.2023
XIV asrning 2-choragidan dastlab Italiyada kapitalistik munosabatlarning kurtaklari ko`zga tashlana boshlaydi. Ayni shu davrdan uning mafkurasi sifatida Renessans harakati ham yuzaga keladi. “Renessans” frantsuzcha so`z bo`lib, “uyg’onish” degan ma`noni bildiradi. Bu harakat feodalizm tuzumi va katolik cherkoviga muxolifotda bo`lib, ular bilan g’oyaviy kurash jarayonida rivojlandi. Renessans Evropaning boshqa mamlakatlarida XV asrning o`rtalarida yuzaga keldi va XVII asrga qadar davom etdi. Bu harakat shaxs erki, uning ozodligini bosh maqsad qilib olgani, sababli uning vakillari o`zlarini gumanistlar deb atadilar. Ma`lumki, lotincha, “gumanist”- so`zi “insoniy” degan ma`noni ifodalaydi.