![image](https://api.ziyonet.uz/uploads/books/1193610/Ganufe3UELbe8RK.jpg)
Даража:
Олий ўқув юртидан кейинги таълим
Тури:
Автореферат
Муаллиф:
Raximova Rayxon Abdurasulovna
Яратилган вақти:
04.01.2025
Jahonda oila nafaqat shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida muhim tizim sifatida xizmat qiladi, balki ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni avlodlarga uzatish, jamiyatning barqarorligini ta’minlash va madaniy transformatsiyalarni boshqarishda asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Oilaning eng muhim funksiyalaridan biri – yosh avlodga ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni yetkazishdir. Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari davrida oila milliy va umuminsoniy qadriyatlarni saqlab qolishning asosiy kafolati sifatida ko‘riladi. Oila nafaqat shaxsiy farovonlikni ta’minlaydi, balki jamiyatning falsafiy-madaniy rivojlanishiga asos bo‘ladi. Shu bois oilaviy munosabatlarning holati va istiqbollarini tahlil qilish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi.