
Даража:
Олий таълим
Тури:
Услубий қўлланма
Муаллиф:
RASULOV H. A., XIDIROVA G.O.
Яратилган вақти:
08.10.2025
Ushbu uslubiy qo‘llanmada yurakda D vitamini yetishmovchiligi sharoitida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarni baholash usuli bayon etiladi. Tadqiqotda yurak to‘qimalarida, xususan, miokard, yurak bo‘lmachalari va klapan apparatida yuz beradigan strukturaviy va morfometrik o‘zgarishlar tasvirlab berilgan. D vitamini yetishmovchiligi modeliga asoslangan tadqiqot natijalari ushbu metabolik buzilish fonida yurakda erta morfologik o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, bu uslub yurak patologiyasining klinik kechishiga ta’sir etuvchi omillarni baholashga yordam beradi.
Metodik tavsiyanoma shifokor-pediatrlar, shifokor-kardiolog, shifokor-endokrinologlar, shuningdek laboratoriya va instrumental diagnostika sohasi mutaxassislariga mo‘ljallangan.