logo
Асосий
Кутубхона
Umumiy fizika fanidan darslik
    image
    Даража:
    Олий таълим
    Тури:
    Дарслик
    Муаллиф:
    Begmatova D.A. Abdullaev N.K. Saidqulov D.R. Sayfullayev Sh. Qo‘ziboyev Sh.T
    Яратилган вақти:
    06.08.2026
    5
    SO'Z BOSHI Fizika fani – tabiat hodisalarining oddiy va umumiy qonuniyatlarini, moddalar tuzilishi va xususiyatlarini, ularning harakati qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fandir. Fizikaning qonunlari ma‘lumotlar va faktlarga asoslangan bo‘lib, asosan tajribalarda o‘rnatilgan va matematik tilda ifodalangan miqdoriy tenglamalardan iboratdir. Shu sababli u aniq fanlar qatoriga kiradi. Mazkur o'quv qollanma “Ununiy fizika” fanidan 60540100 – Matematika, 60540300 – Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha), 60531000 - Mexanika va matematik modellashtirish va 60540200 – Amaliy matematika ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib fizika fakultetining “Umumiy fizika” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Umumiy fizika fani o'quv qollanmasini yaratishda yetakchi horijiy OTM larning o'quv dasturlariga kiritilgan adaabiyotlardan olingan ma'lumotlar kiritilgan. Qo'llanmada asosiy fizikaviy jarayonlar, qonun va qonuniyatlardan tashqari ularning tehnika va turmushda qo'llanilishiga doir misollar ham keltirib o'tilgan. Bu o'quv qollanmadan fizika fanini bilish talab qilinadigan boshqa tabiiy va tehnik yo'nalishda taqsil olayotgan talabalar ham foydalansa bo'ladi. Qollanmani yaratish uchun talabalarga qiziqarli bo'lishi, tushunishga oson bo'lishi bilan bir qatorda iloji boricha ko'proq ma'lumotni qamrab olinishiga e'tibor berildi. Matematika yo’nalishi talabalarining mutaxassisligiga mos mavzularga alohida ahamiyat berilib, mavzularni bayon qilishda, talabalarning bu sohadagi falsafiy mushohada yuritishlariga qaratilgan. Fanga ajratilgan laboratoriya dars soatlari olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga, amaliyotga qo'llashga va tajriba o'tkazish ko'nikmasini hosil qilishga mo'ljallangan.