
Даража:
Олий таълим
Тури:
Тавсиялар
Муаллиф:
Abdullayeva L.M., Muminjonova I.F.
Яратилган вақти:
31.10.2026
Bachadon miomalari yoki leyomiomalar bachadon miometriy qavatining silliq mushak hujayralaridan kelib chiqadigan monoklonal qattiq o'smalar hisoblanadi. Ular ayollarda eng keng tarqalgan yaxshi sifatli o'smalar bo'lib, 50 yoshga kelib taxminan 70-80% odamlarda rivojlanadi. Bachadon miomalari mavjud bo'lgan ayollarning 25% dan ortig'i kundalik faoliyatga xalaqit beradigan belgilarni, jumladan, hayz vaqtida ko‘p qon yo’qotish, dismenoreya va qorin dam bo'lishi va og'riq kabi shikoyatlarga sabab bo‘ladi.